La Liga. "Real Madrid" bu safar ikkinchi bo'limda 3ta gol urdi va 3 ochkoni qo'lga kiritdi

Omonjon To`xtamirzayev
19 iyun 2020, 03:10
Ispaniya chempionati 29-tur doirasida "Real Madrid" - "Valensiya" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'lim nisbatan teng kurashlar ostida o'tganiga qaramay, mezbonlar mahorat bobida raqibdan ustun ekanliklarini isbotlay olishdi va ikkinchi bo'limda javobsiz 3ta gol urishdi.

Karim Benzema dublga erishgan bo'lsa, uzoq tanaffusdan keyin maydonga qaytgan Marko Asensio birinchi zarbasi bilanoq raqib darvozasini ishg'ol qildi. Qayd etish lozim Marko shuningdek uchinchi golda ham samarali uzatmani amalga oshirdi. 

Shunday qilib, "Real Madrid" ishonchli g'alabani  va u bilan birga 3 ochkoni qo'lga kiritdi. "Barselona" bilan oradagi farq yana 2 ochkogacha qisqardi. Kurash davom etadi.


La Liga turnir jadvali

Ispaniya chempionati. 29-tur
"Real" - "Valensiya" 3:0
18 iyun, "Estadio Alfredo Di Stefano" stadioni
Gollar: Karim Benzema 61, 86. Marko Asensio 74`.

"Real Madrid" – Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Mendi, Kazemiro, Kroos, Modrich, Valverde (Asensio, 74), Azar (Vinisius Junior, 82), Benzema.

"Valensiya" – Sillessen, Gayya, Mangalya, Gilyamon, Vass, Soler (Cheryshev, 69), Kondogbia, Parexo (Koklen, 69), Ferran Torres (Gedesh, 59), Rodrigo (Li Kan In, 76), Maksi Gomes (Gameyro, 60).

Ogohlantirishlar: Gayya (24), Gilyamon (84).

Chetlatish: Li Kan In (89).


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia