La Liga "Atletiko" – "Real" uchrashuvida yangragan haqoratomuz so'zlarni qoraladi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2025, 17:40
La Liga Ispaniya chempionatining 7-turida "Atletiko" va "Real" muxlislarining (5:2) xatti-harakatlari bo'yicha izoh berdi.

Manbaga ko'ra, har ikki jamoa muxlislari belgilangan qoidalarni buzgan. "Atletiko" muxlislari "Real" futbolchilari va mehmon sektordagilarni bir necha bor haqorat qilgan. Mehmon jamoaning bazi ishqibozlari hatto "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonega nisbatan behayo so'zlarni ishlatgan.

Shuningdek, "Atletiko" fanatlari tribunadan kichik narsalarni uloqtirgan. Ular hech kimga tegmagan.

La Liga qoidabuzarliklarni tegishli bayonnomada qayd etgan. Chempionat tashkilotchilari muxlislarning xatti-harakatlarini qoraladi. Endi klublar jarimaga tortilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca