Kvinsi Promes BAA policiyasi tomonidan qo'lga olindi

Абдулвосит Бектемиров
1 mar 2024, 19:42
"Spartak" hujumchisi Kvinsi Promes Dubay aeroportida qo'lga tushdi.

Niderlandiya terma jamoasi va "Spartak" klubi a'zosi Kvinsi Promes Dubay aeroportida qo'lga olindi. Mahalliy policiya Promesni yo'l-transport hodisasi ro'y bergan joydan qochganlikda ayblamoqda. Gumonlar o'z tasdig'ini topsa, Kvinsi Promesga 4 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. 

Kvinsi katta ehtimol bilan "Spartak" jamoasining "Zenit"ga qarshi kechadigan navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuboradi. 

"Spartak" hujumchisining sudi 4-5 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Shuningdek, o'tgan oy Kvinsi Promes Amstyerdam sudi tomonidan katta miqdordagi giyohvand moddalar kontrabandasida aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.com