"Spartak"ning uch futbolchisi "Akron"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
19 apr 2023, 13:03
"Spartak" klubi matbuot xizmati rahbari Dmitriy Zelenovning xabar berishicha, hujumchi Kvinsi Promes, yarim himoyachilar Daniil Xlusevich va Viktor Mozes Rossiya Kubogi doirasida "Akron"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olishmaydi.

Jamoa Samara aeroportiga eson-omon yetib oldi va Tolyattidan uzoq bo'lmagan mehmonxonaga joylashdi. Hujumchi Kvinsi Promes Moskvada qoldi va hali ham jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Shuningdek, Daniil Xlusevich va Viktor Mozes individual tarzda mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AD.nl