Kundening 2022 yilgi transferi sabab "Barsa"ni sudga berishdi. Agent unga 3 mln evro to'lamaganliklarini takidlamoqda

Alisher
12 fev 2025, 23:08
Jyul Kundening transferi sabab "Barselona"ni sudga berishdi.

Himoyachi 2022 yilda "Sevilya"dan Kataloniya klubiga o'tdi. Bitimda vositachi sifatida Isaak Lopes ishladi.

Bugun agent transfer uchun unga 3 mln evro to'lanishini talab qilgan holda sudga murojaat qildi. Agent komissiya shartnomada ko'rsatilgani, ammo uni olmaganini ta'kidladi. Lopes sudga ko'rsatilgan xizmatlar dalilini taqdim qildi.

Qayd etilishicha, "Barselona" prezidenti Joan Laporta vositachilik uchun agentga murojaat qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Relevo