Kuanishbay Orazimbetov: "Ikkinchi taymda umuman boshqa "Jayxun"ni ko'rdik"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2025, 00:05
Proliga 14-turidan o'rin olgan "FarDU" - "Jayxun" (5:2) uchrashuvidan so'ng "Jayxun" jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Kuanishbay Orazimbetov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Avvalo "FarDU" jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Biz bahsni yaxshi boshladik, lekin oxirigacha kuchimiz yetmadi. Kamida durangga umid qilgandik, ammo ketma-ket o'tkazzib yuborilgan gollar tufayli mag'lub bo'ldik.


- Shunday bo'ldiki, jamoangiz 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi.

- Ha, ammo nimadir sabab bo'lib futbolchilarimiz oxirigacha o'ynay olishmadi. Mag'lubiyatni o'rganib, albatta tahlil qilib chiqamiz. Ikkinchi taymda umuman boshqa "Jayxun"ni ko'rdik. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia