
Kolumbiyalik futbolchining zarbasidan so'ng to'p shotland futbolchisiga tegib, darvozadan o'rin olgandi. O'sha golni u qizi va hotiniga bag'ishladi.
"Mening zarbam "Milan" g'alabasiga yordam berganidan shodman. Ha, to'p himoyachi oyog'idan darvozaga borib tushdi. Biroq men o'yinning hal qiluvchi pallasida jamoaga yordam bera oldim. Bu gol ko'proq ishonch bilan harakat qilishga imkon yaratdi. Golni hotinim va qizimga bag'ishlamoqchiman", dedi Sapata.