Kristian Eriksen: "Men Levi va Baldini bilan uzoq gaplashdim – ular futbolchiga nima deyishni biladi"

Tolibjon Qosimov
17 sen 2013, 13:54
"Tottenxem"ning yangi futbolchisi Kristian Eriksen London klubiga qay tarzda o'tgani haqida gapirib berdi.

"Men murabbiy bilan biroz gaplashdim. Biroq asosan klub prezidenti Levi va direktori Baldini bilan uzoq vaqt suhbatlar olib bordim. 

Bu insonlar qanday so'zlarni gapirishni bilishadi. Avvaliga ular mening agentim bilan bog'lanishdi. Keyin agent menga bu haqida gapirib berdi. Shundan so'ng men: "Menga bu taklif haqiqatdan ham qiziq, kel, gaplashib ko'ramiz", dedim".

"Keyingi kuniyoq men klubda tibbiy ko'rikdan o'tdim. Hammasi juda tez bo'lib o'tdi. To'rt kun ichida", dedi Eriksen.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru