

Yangi kelishuvga ko'ra Zaa haftasiga 200 ming funt yoki yiliga 10 million funt ishlab olishi mumkin. Kristal Pelas safida 400 dan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan hujumchining klub bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Agar Kristal Pelas va Zaa o'zaro kelishuvga erishsa, kot-dʼIvuarlik klub tarixidagi eng katta maosh olgan futbolchiga aylandi.
Joriy mavsumda Zaa jamoa safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida oltita gol va 2 ta golli uzatma bor.



