Krishtianu Ronaldu - 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2017, 00:14
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Shveytsariyaning Cyurix shahrida FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

2016 yilning eng yaxshi erkak futbolchisi nominaciyasida kutilganidek Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu g'olib deb topildi. 


Portugaliya terma jamoasi yetakchisiga sovrinni FIFA prezidenti Janni Infantino tantanali ravishda topshirdi.


FIFA tashkiloti tomonidan ilk bor tasis etilgan “The Best” sovrini yo'lida Ronalduga Lionel Messi (“Barselona”) va Antuan Grizmann (“Atletiko”) raqiblik qilishdi. Bu ikki futbolchi so'rovda kuchli uchlikdan joy olishdi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia