

2016 yilning eng yaxshi erkak futbolchisi nominaciyasida kutilganidek Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu g'olib deb topildi.

Portugaliya terma jamoasi yetakchisiga sovrinni FIFA prezidenti Janni Infantino tantanali ravishda topshirdi.

FIFA tashkiloti tomonidan ilk bor tasis etilgan “The Best” sovrini yo'lida Ronalduga Lionel Messi (“Barselona”) va Antuan Grizmann (“Atletiko”) raqiblik qilishdi. Bu ikki futbolchi so'rovda kuchli uchlikdan joy olishdi.



