Kosta “Lester”ga qarshi maydonga tushmaydi...mi?

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2017, 01:28
“Chelsi” hujumchisi Diego Kosta Angliya chempionatining navbatdagi turida jamoasining “Lester”ga qarshi kechadigan uchrashuvida maydonga tushmaydi.

Ispaniya terma jamoasi jamoasi hujumchisi va londonliklar bosh murabbiyi Antonio Konte o'rtasida ziddiyat kelib chiqqan. Murabbiyiga Kostaning jismoniy holati bilan bog'liq holat maqul kelmagan. Hujumchi klub shifokorlariga jarohati borligini ma'lum qilgan. Ammo ular futbolchining fikriga qo'shilishmagan. Konte ham shifokorlar tomonida bo'lgan. Bu holat  futbolchi va bosh murabbiy hamda klub shifokorlari o'rtasida kelishmovchilikni keltirib chiqargan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Daily Mail