Konte Oskarni "Chelsi"da qolganidan mamnun

Aziz Tukhtamuradov
16 sen 2016, 20:00
Chelsi bosh murabbiyi Antonio Konte Oskarning Stemford Brijda qolganidan xursand.

Eslatib o'tamiz, yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchi bilan bog'liq mish-mishlar ko'paydi.

Braziliyalik yarim himoyachi "Inter"ga o'tishga juda yaqin kelgandi. Biroq, Antonio Konte Oskarni jamoadan ketishiga yo'l qo'ymadi.

"U jamoada qolganidan xursandman. Yozda juda ko'plab jamoalar unga qiziqish bildirgandilar. Lekin, u biz bilan qoldi", - deydi italiyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru