Konte: "Men "Yuventus"ning hukmronlik davrini boshlab berdim va tugatdim"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2021, 19:04
"Tottenxem"ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte London klubiga intervyu berdi.

- Mening falsafam oddiy - muxlislarimiz uchun yaxshi va jozibador futbol ko'rsatish, past-baland natija ko'rsatadigan emas, barqaror jamoa bo'lishga asoslangan, - dedi Konte.

Antonio Konte Italiyadagi faoliyatini ham yodga oldi, biroq shu bilan birga u o'tmishda emas, balki hozirda yashayotganini ta'kidladi.

- Men bugungi davr bilan yashayman. "Yuventus"da murabbiy sifatida hukmronlik davrini boshlab berganman. O'tgan mavsumda "Inter" g'olib bo'lgunimga qadar klub ketma-ket to'qqizta chempionlikni qo'lga kiritdi. Men o'tmishim bilan faxrlanaman, lekin hozirda bor e'tiborimni yangi jamoamga qaratganman, – dedi italiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com