Konte: "Italiya terma jamoasi ikki o'yindan so'ng 1/8 finalga chiqishini kim o'ylabdi deysiz"

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2016, 20:30
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Shvetsiya ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"O'yin og'ir bo'ldi. Birinchi bo'limda yomon harakat qildik, Shvetsiya futbolchilari to'pni tezroq olib qo'yishdi va kerakli nuqtalarda paydo bo'lishdi.

Italiya terma jamoasi ikki o'yindan so'ng 1/8 finalga chiqishini kim o'ylabdi deysiz. Bugun yigitlar yaxshi harakat qilishdi va Shvetsiyani kerakli paytda juda qattiq yaralashdi" - deydi Konte.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia