Konte: "Do'stlarim bilan Playstation o'ynashni yaxshi ko'raman"

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2017, 14:53
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte tatilni qanday o'tkazgani haqida gapirib berdi.

"Yoz yaxshi o'tdi. Vaqtimni oilam va do'stlarim bilan o'tkazdim, hayollarimni yangiladim va tanam rohatlandi. Futbol haqida unutishga harakat qildim, biroq uyga yo'l olganimda ko'pchilik meni tabrikladi. Do'stlarim bilan tennis yoki Playstation o'ynashni, tushlik qilishni yaxshi ko'raman.

Mavsum juda yaxshi o'tdi, undan rohatlandim, ammo yangi mavsum start olmoqda va hammasi yana isbotlash kerak. O'yinni yaxshilab, "Chelsi" uchun sovrinlar yutishni istaymiz. Har bir sovrin uchun kurashamiz" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com