

"Birinchi o'tkazib yuborilgan golgacha ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ehtimol, astoydila harakat qilganimizda gol urgan bo'lardik. Keyin yana bir epizod yuzaga keldi, biroq hozir hakamning qaroriga izoh berishni istamayman.
Ikkinchi gol qarshi hujumda urildi. Biz harakat qildik, ammo mag'lubiyatdan qutulib qola olmadik.
Agar Premer-liga va Chempionlar Ligasida raqobatbardosh jamoa bo'lishni istasak, tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Doimiy o'ynasangiz, jarohatlar bo'ladi. Agar uch-besh nafar futbolchi safdan chiqsa, bu butun jamoa uchun muammoga aylanadi", – dedi Konte.



