Koman - Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o'yinchisi

Alisher
23 okt 2020
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman Chempionlar Ligasi guruh bosqich 1-turining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

24 yoshli xavbek "Atletiko" (4:0)ga qarshi o'yinda 1ta gol va 2ta assist qayd etgan edi.

Bu nomga fransiyalik futbolchidan tashqari Alvaro Morata ("Yuventus"), Tete ("Shaxtyor") va Anxelino ("RB Leyptsig") davogarlik qilayotgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com