Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida qaysi jamoa g'olib bo'ladi? Opta javob berdi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2025, 17:49
"Chelsi" va PSJ klublar jahon chempionatining asosiy yetakchilari ekan.

Opta superkompyuteri turnirning qolgan qismi uchun 10 ming simulyaciya o'tkazdi. Ushbu simulyaciyalar asosida jamoalarning kubokni qo'lga kiritish imkoniyatlari hisoblandi.

Birinchi o'rinni "Chelsi" egalladi, uning turnirda g'alaba qozonish ehtimoli 26,8%. Ikkinchi o'rinda PSJ, uchinchi o'rinda esa "Real".


To'liq reyting quyidagicha:


1. "Chelsi" – 26,8%  

2. PSJ – 24,9%  

3. "Real" – 16,9%  

4. "Bavariya" – 14,8%  

5. "Borussiya" – 7,6%  

6. "Al Hilol" – 4,3%  

7. "Palmeyras" – 3%  

8. "Fluminense" – 1,55%


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta