Klublar o'rtasida JCH. "Real" g'olib chiqsa, yana bir rekord o'rnatadi

Omonjon To`xtamirzayev
20 dek 2018, 10:34
BAAda davom etayotgan klublar o'rtasidagi JCHning yarim finalida Madridning "Real" klubi Yaponiyaning "Kashima Antlers" jamoasini mag'lubiyatga uchratdi.

Klublar o'rtasidagi Jahon Chempionatida Madridning "Real" klubi bungacha uch marta g'olib bo'lgan: 2014, 2016 va 2017 yillarda.

Agar "Qirollik klubi" bu safar ham turnirda zafar quchsa, navbatdagi rekordga erishadi va bu borada ham dunyoda tengsiz bo'ladi. E'tiborli jihati, madridliklar bir yo'la 3 titulga ega bo'lgan "Barselona"ni ham ortda qoldirib ketadi.

Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" finalda "Al Ayn"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia