Klopp o'zi "Liverpul"ga olib kelgan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
26 apr 2020, 17:36
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klubdagi faoliyati davomida asosiy jamoa bilan shartnoma imzolagan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi.

Germaniyalik mutaxassis davrida mersisaydliklar Muhammad Saloh, Sadio Mane, Virjil van Deyk, Alisson va Trent Aleksander-Arnold kabi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

"Eng yaxshisi - Trent Aleksander-Arnold. Uni sotib ham olmaganmiz, shunchaki assistentim Pep Linders uning yoshlar jamoasidagi o'yinini ko'rdi va shunday dedi: "Yoshlar jamoasida u tayanch yarim himoyada o'ynadi. U himoyaning istalgan nuqtasida, o'ngda ham, chapda ham o'ynay oladi".

Ha, boshida muammolar paydo bo'ldi. U jismoniy jihatdan deyarli tayyorgarlikka ega emasdi. Umuman olganda uning yoshiga bu normal holat. Biroq uning o'yinini tariflab bera olmayman", - dedi Klopp.

21 yoshli futbolchi "Liverpul" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy jamoada u 17 yoshida debyut qildi. 2018/19 yilgi mavsumda u APL himoyachilari orasida assistentlik qayd etish borasida rekord qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal