Klopp: "Liverpul" hali ham to'rt turnirda qatnashmoqda, bunaqasi oldinlari bo'lmasdi"

Mirjalol Normatov
21 fev 2022, 23:12
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasi hali ham birorta turnirdan chiqib ketmagani haqida gapirdi.

"Biz hali hamon to'rt turnirda ishtirok etyapmiz. Bunaqasi oldinlari bo'lmasdi. Hozir esa har bir ondan zavq olyapmiz. Bu yanada uzoqroq davom etishini istaymiz va shu orqali ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lyapmiz.

Ammo asosiysi - navbatdagi o'yin. Har doim oldimizdagi o'yin haqida o'ylashimiz kerak", - dedi mersisaydliklar bosh murabbiyi.

"Liverpul" ayni damda APLda 2-o'rinda borayotgan bo'lsa, YCHL va Angliya Kubogida 1/8 finalda kurash olib bormoqda, Angliya Liga Kubogida esa finalga chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal