Klopp jarohatdan tiklanayotgan ikki futbolchining holati haqida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
29 dek 2023, 22:49
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyachi Endryu Robertson va yarim himoyachi Tiago Alkantaralarning jarohatdan forig' bo'lishi jarayoni haqida gapirdi.

"Endryu jiddiy operaciya o'tkazgani sababli hali mashg'ulotlarga tayyor emas. U hali buning uchun uzoq yo'lni bosib o'tishi kerak. Yanvar oxiriga qadar u tarkibda bo'lmasa kerak deb o'ylayman. Shoshilmasdan, barchasini qadam va qadam amalga oshirish kerak.

Tiago yanvar oyida safga qaytadi. Ayni paytda u yaxshi holatda. Biz shunchaki barcha futbolchidan ertaroq foydalanishni o'ylamasdan, kutishimiz kerak", - dedi murabbiy.

Robertson ushbu mavsumda 8 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi. Alkantara esa jarohati sababli maydonda ko'rinish bermadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: This is Anfield