Klopp "Barselona"ni tark etishi mumkin bo'lgan ter Shtegenga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2015, 15:18
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ter Shtegen og'ir ruhiy holatda, chunki u "Barselona"da kerakli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti, jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike esa bu borada unga hech narsa aytgani yo'q. Agar ter Shtegenning ispan grandidagi holati o'zgarmasa, u jamoani tark etishi mumkin. Klopp esa bu futbolchi bilan tanish va u haqda juda yaxshi fikrda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo