Klaudio Raneri: "Biz evrokuboklarga yo'llanmani hal etdik, hozir YCHL uchun kurashyapmiz"

8 apr 2016, 23:27
"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri kamtarlik qilishdan to'xtamayapti.


- Jamoamiz yaxshi ishtirok etayotganidan juda xursandman. Men o'z jamoamdan barcha futbolchilarni yilning eng yaxshi jamoasiga qo'ygan bo'lardim. Ular muxlislar orzu qilgan onlarni taqdim etishdan to'xtashmayapti. Bizning maqsad? Bilmadim. O'ylashimcha, biz evrokuboklarda ishtirok etuvchi yo'llanmalarni o'zimizniki qilib oldik. Endi YCHL yo'llanmasi uchun kurashyapmiz. Barchamiz olti turdan keyin nima ruy berishini bilishni istardik. Lekin biz har bir o'yinga alohida tayyorgarlik bilan qaraymiz. Hozir faqat bo'lajak uchrashuv haqida o'ylayapman. Bu bahs juda qiyin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Independent