Kin futbolchilar bilan janjal tufayli "Aston Villa"dan ketdi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2014, 07:22
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, "Aston Villa" yordamchi murabbiyi Roy Kin bir qator tajribali futbolchilar bilan janjallashib qolgani tufayli klubdan ketgan.
O'tgan hafta Kin "Villa Park"ni tark etishi haqida xabar berdi. U Pol Lambertga yordamchilik qilib kelayotgan edi. Rasmiy xabarga ko'ra Roy ham klubda, ham Irlandiya terma jamoasida ishlashdan charchagan.

Biroq norasmiy xabarlarga ko'ra "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi "Villa"ning bir qator yetakchi futbolchilari bilan aytishib qolgan.

Mashg'ulotlardan birida Roy futbolchilar bilan anchagina tortishib qolgan. Ertasi kuni Lambert Kin bilan gaplashib olgan va irlandiyalik mutaxassis ketishga qaror qilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru