Kilian Mbappe: "Har doim eng zo'r futbolchilar bilan o'ynashni xohlaganman"
Tolibjon Qosimov
9 sen 2017, 19:08
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionati 5-turi doirasida "Metc"ga qarshi o'yin (5:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men har doim eng zo'r futbolchilar bilan o'ynashni xohlaganman. Hozir men baxtliman. O'ylaymanki, yangi klubga ko'nikish tez o'tadi", - deya Mbappening so'zlarini keltirdi "L`Equipe".