Keyn ketma-ket uchinchi oy "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2024, 01:34
Hujumchi Harri Keyn dekabr oyida "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Angliyalik futbolchi muxlislarning 45% ovozini oldi. U bu mukofotga qatorasiga uchinchi marta erishdi. O'tgan oyda Keyn 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Muxlislar ovozi bo'yicha ikkinchi o'rin Tomas Myullerga (14%), uchinchi o'rin esa Aleksandr Pavlovichga (6%) nasib etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com