Keyn bir klub safida eng ko'p gol urish bo'yicha Premer-liga rekordini takrorladi

Оқил Абдубарноев
15 avg 2022, 00:53
Angliya Premer-ligasining 2-tur markaziy uchrashuvi "Chelsi" va "Tottenxem" o'rtasidagi London derbisi yakunlandi.

O'yin davomida ikki marotaba ortda borayotgan "shporlar" har ikkala holatda ham hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi golni hujumchi Xarri Keyn amalga oshirdi.

Keyn uchun bu gol "Tottenxem" tarkibida Angliya Premer-ligasidagi 184-gol bo'ldi. Bu natija bilan u bir klub tarkibidagi gollar soni bo'yicha Premer-liga rekordini takrorladi. Hozirda Keyn argentinalik Serxio Aguero bilan tenglashib turibdi, Aguero "Manchester Siti" safida 184 ta gol urgan, ammo yana bir gol Xarrini peshqadamga aylantiradi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports