Kellini terma jamoalar o'yinlaridan so'ng safga qaytadi

Aslanov Jasurbek
31 okt 2016, 23:42
Yuventus himoyachisi Jorjo Kellini tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Unga ko'ra futbolchining o'ng soni mushaklari shikastlangani ma'lum bo'ldi. Kellini terma jamoalar o'yinlaridan so'ng safga qaytishi kutilmoqda.

Shu tariqa, himoyachi Lixtenshteynga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Futbolchi Italiya A seriyasining 11-turidan o'rin olgan Napoliga qarshi o'yinda (2:1) jarohat olgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc