Kellini Evro-2024 favoritlarini aytdi

Alisher
2 iyun 2024, 14:58
"Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Jorjo Kellini Evro-2024 favoritlarini sanadi.

"Fransiya, Portugaliya va Angliya boshqalardan yaxshiroq deb o'ylayman. Ispaniyaning boy tarixi bor, Germaniya esa uyda o'ynaydi. Bu bosh favoritlar. Italiyani bir pog'ona pastga qo'ymoqchiman, ammo bu meni xavotirga solmaydi. 1/8 finaldan boshlab hech kim u bilan uchrashishni xohlamasligini bilaman", – dedi sobiq futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulgacha Germaniyada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia