Kellini: "Spalletti - Italiya termasi uchun ideal bosh murabbiy"

Mirjalol Normatov
15 okt 2023, 14:14
Italiya termasi sobiq futbolchisi Jorjo Kellini milliy jamoa bosh murabbiyligida Luchano Spallettining ishlayotgani haqida gapirdi.

Spalletti o'tgan mavsumda "Napoli" bosh murabbiyligida A Seriya chempionligini qo'lga kiritdi.

"Italiya termasida u boshqa ciklni ochishiga ishonaman. Spalletti - Italiya termasi bosh murabbiyligi uchun ideal nomzod. U qayerda ishlasa ham, vaziyatlarni to'g'irlagan. Italiya termasi - uning faoliyatidagi eng zo'r joy", - dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ITASportPress