Intervyuning dastlabki qismini e'tiboringizga havola qilgandik. Quyida intervyuning davomini o'qib olish mumkin.
- Keling endi klubdagi faoliyatingiz haqida gaplashamiz.
- Internatdagi ustozim Bahodir aka Toshmuhamedov menga Do'stlik qiziqayotganligini aytdilar. Men Do'stlik safida asosan o'rinbosarlar safida maydonga tushar edim. Neftchiga qarshi o'ziga xos derbi bo'lar edi. Boisi jamoamiz ancha kuchli bo'lgan, amaldagi chempionlar. Azamat Abduraimov, Jafar Irismetov kabi hujumchilar harakat qilishgan. Neftchi o'rinbosarlariga qarshi o'yinda esa raqibimiz hujum chizig'ida Kopadze va Kovalenko harakat qilar edilar. Shundan keyin bizni Paxtakorga jalb qilishdi. Bu paytga kelib Magdeev bilan ancha yaqin edik. U ham menga qo'ng'iroq qilib Paxtakordan taklif tushganligini aytdi. Shu tariqa biz Paxtakordan o'rin oldik.
- Paxtakorga sizlarni kim taklif etdi?
- Anig'ini bilmayman, menga jamoaga borish kerakligini aytishdi.
- Shu yili jamoa O'zbekistonning eng kuchli futbolchilari evaziga shakillantirildi. Jamoa chempionlikka erishdi, OCHLda ham o'yinlar zo'r chiqdi. Nomdan tashqari o'yin ham bor edi...
- Bunga sabab Tachmurod Agamurodov. U juda kuchli mutaxassis va u olib kelgan taktikani raqiblarimiz tushunmagan edilar. Biz ham boshida bilmagan edik, yarim mavsum o'tganidan keyin Agamurodov nima talab qilayotganligini tushunib etdik va 4-4-2 taktikasini o'zlashtirib oldik. Unga qadar O'zbekistonda 3 nafar himoyachi bilan o'ynashar edi. Bu taktikaga o'tganimizdan keyin to'g'risi, raqiblar biz qanday o'ynayotganligimizni bilmas edilar. Bu esa bizga qo'l keldi.
- Ko'p o'tmay SSKA...
- Yangi yil kuni Samvel Vyacheslavovich telefon qilib Moskvaga ketishimni aytishdi. Bu men uchun yangi yil hangomasi bo'lib ko'rindi.
- Gazzaev esa qorbobo?
- (kuladi) Olich, Semak, Yaroshik bu yangi yil sovg'asi edi haqiqatdan ham.
- SSKAda o'ynab keta olmaganingizga asosiy sabab nimada bo'lgan?
- Tarkib juda kuchli edi. Olich va Vagner tayyor futbolchi sifatida jamoaga kelishgan. Menga hattoki mashg'ulotlarda ko'zimni ochirishmasdi. Juda ham qattiq va kurashga boy bo'lardi. Rossiya Superkubogi finalida maydonga tushib yaxshi imkoniyatdan foydalana olmaganman. Echinish xonasida Gazzaev menga baqirib bergan. Jamodan ketgim kelgan. Keyin Gazzaev oldiga chaqirib barchasini tushuntirib bergan: Biz chempionlik uchun kurashamiz va rahbariyat ham shuning uchun pul beradi. Hech bir imkoniyatni qo'ldan boy berishimiz kerak emas, shunga yarasha futbolchilar katta pul ishlashadi.
- Keyin...
- Keyin menga imkoniyat berilmadi. Chempionatda bor yo'g'i ikkita o'yinda maydonga tushdim.
- Har bir yarim himoyachining o'z hujumchisi bo'ladi. Ming zo'r bo'lmang, yarim himoyachi pas bermasa hech kimsiz. Sizning faoliyatingizda ham shunday holat bo'lganmi?
- Torpedoda. Eng yomon xotiralar mana shu jamoadan qolgan. Ikki yil o'ynagan bo'lsam, 40tacha o'yinda maydonga tushganman. Ziryanov, Semshov va Panov kabi futbolchilar o'ynashar edi. Klubning moliyaviy holati zo'r bo'lmagan. Ammo nima uchundir meni chiqishtirmadi.
- Barcha-barchasidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, Paxtakor Sizning jamoangiz!
- Sababi jamoa menga asosiy tarkibga o'tadigan bosqichimda imkoniyat berdi. Jamoa prezidentidan tortib, vice-prezidentigacha men hurmat qilishadi. Eng katta rahmatni Tachmurod Agamurodovga aytishim mumkin. Bu murabbiy meni futbolchi sifatida shakillantirdi.
- Ko'pchilik savol beradi. Nima uchun siz doim huquqan Paxtakorga tegishli bo'lasiz. Lekin ko'pchilik bilmaydi, qiyin paytda erkin futbolchi bo'lsangiz-da, Paxtakor bilan shartnomangizni uzaytirib jamoaga pul ishlab olish imkonini berasiz. Aslida, shu transfer pulini ham klubdan o'zingiz uchun olsangiz bo'ladi...
- To'g'ri, lekin pul hamma narsani ham hal qilmaydi-ku?! Ochig'ini aytsam men pul borasida saxiyman. Men uchun puldan ko'ra, ikki kishi o'rtasidagi munosabat katta rol o'ynaydi. Oila, sevgi, farzand va do'stlar. Bularni pulga sotib olib bo'ladimi? Agar kishi aqlliy bo'lsa pul doim o'zi keladi. Lekin pulga xirs qo'yish kerak emas.
- Paxtakor - Bunyodkor yoki Paxtakor - Neftchi. Shahsan men uchun Paxtakor - Neftchi, bu tarixdan shakillanib kelgan qarama-qarshilik, Paxtakor - Bunyodkor esa shunchaki chempionlik poygasidagi kurash...
- Neftchiga qarshi o'yinlarda odam mazza qilib o'ynaydi. Bu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuvda minglab muxlislar stadionga tashrif buyurishadi. Farg'onada ham meni o'yinimni ko'rish uchun keladiganlar bor edi. Shunda biz shunchaki natija uchun emas, ikki jamoa muxlislari uchun ham futbol o'ynar edik. Bu o'yin xalqni o'ziga yoqardi. Aslida muxlis stadionga kelsa har bir o'yin qiziqarli o'tadi.
- Paxtakor davrini eslasak, nimalarni sog'inasiz?
- Paxtakorni ilk marotaba yangitdan yig'ishgan paytini. Bazada mashg'ultolardan tashqari yana o'zim to'pni olib maydonga chiqar edik. Ko'zlarimizda olov yonardi. Qiziq paytlar, mana shu kunlarni sog'inaman.
- Oliy ligaga qaytish niyatingiz bormi?
- Hozir emas.
- Sababi bormi, ko'pchilik oliy ligani tark etib ketgisi kelyapti?
- Futbolchi har doim yuqori cho'qqi sari ildamlashga harakat qiladi. Masalan siz ham rivojlanishni istaysiz to'g'rimi? Agar sizga Tarantino sizga birga ishalshni taklif etsa?
- To'g'risini aytaymi? Men uni taniymayman, futboldan boshqasi qiziq emas.
- (kuladi) Yoki Realga ketishni?
- Unga ham yo'q deyman, qachonki Barselona chaqirmasa (kulib)
- Demak, siz ham Bikmaev bilan bir xil ekansiz.
- Ko'pchilik futbolchilar faoliyatini tugatganidan so'ng murabbiy bo'ladi, lekin sizdan yaxshi menejer chiqadi! Masalan, shou uchrashuvla o'tkazish, o'rtoqlik o'yinlarini tashkil qilish degandek. Oddiy misol Shackix xayrlashuv uchrashuviga munosib, bitta cho'pon olib tarkibga kiritmasa ham hammani oldida kiydirib kuzatsa bo'ladigan ish...
- Futbolni xalq uchun o'ynashadi, demak xalqni futbolga jalb qilish uchun turli tadbirlarni o'tkazish lozim. Oddiygina dastxat berish marosimi yoki rasmga tushish. Mana Qayrat jamoasini olaylik, bu borada ular ancha ilgarilab ketishyapti. Muxlislar bilan shou uchrashuvlar o'tkazishadi. Xalq uchun bu yoqayapti. O'z do'konlari bor. Muxlis kumiri bilan uchrashuvlarda ishtirok etyapti, qiziqarli savollarini beradi. Deylik men, Paxtakor do'koniga bordim. To'g'ri do'kon bor, lekin o'zim uchun kerakli haridni amalga oshira olmayman. Yoki 4ta futbolchini chaqirib fotosessiya o'tkazish?
- Terma jamoada 3 marotaba qita chempionatida ishtirok etdingiz, MTJ haqida...
- 2004 yil men asosiy tarkib a'zosi emas edim. Aksar o'yinlarda terma jamoani zaxirasida o'tkazdim, aksarida umuman chaqirilmadim. Hatto-ki shunday bo'ldi-ki, uzoq muddat o'zim bilmagan holda tanaffus qildim. Muxlislarga rahmat, ular meni qaytarishdi.
- Ahmedov bilan Paxtakorda yaxshi tandem hosil qilgan edingiz. Nima uchundir MTJda bunday bog'liqlikni ko'rmaymiz...
- Chunki Ahmedov borida men, men borimda Ahmedov bo'lmayapti. Yoki Ahmedov o'ynayotganida men zaxirada bo'laman. Jiddiy aytsam, Paxtakorda Odil oldiroqda o'ynar edi va u bilan yaxshi chiqishar edik. Abramov paytida esa u himoyada o'ynaydi, tabiiyki men himoyaga pas bermas edim.
- Yana solishtiramiz. Siz Paxtakorda hujumchi ortida ham o'ynar edingiz, ikkinchi hujumchi rolida sizda foyda katta bo'lar edi. Keyin 1ta hujumchi taktikassida o'ynash ham qiyin, to'g'rimi?
- Juda ham. 2ta hujumchi bilan maydonga tushganingizda himoyachilar sizni teng bo'lib olishadi va bu ancha oson bo'ladi. Bitta hujumchi bo'lgan o'yinlarda esa hamma bor e'tiborini sizga qaratadi. Menga hujum ortida o'ynash yoqadi. Chunki pas bergim keladi, buning uchun old chiziqda yaxshi tezkor hujumchi bo'lishi kerak. Zayniddin Tojiev bilan mazza qilib o'ynar edim, qaerga pas bermay u yugurib borardi.
- Tajriba borasida Shackix bilan qanday o'ynagansiz, gapimga qo'shilasizmi, Shackix bu brend. Afsuski kerak paytida undan ham foydalanmadik. Kloze faoliyatini tugatgisi kelayotgan bir paytda, MTJga chaqirishyapti?
- Mana shu narsaga qo'shilmagan bo'lar edim. Yoshartirish haqida gapirilyapti. Buni bitta o'yinda qilib bera olmaysiz. Deylik siz yoshartirib yubordingiz, ammo natijani kimdan talab qilasiz? Yoshlarni kattalar bilan jipslashtira olish kerak. Totti, Maldini, Zanetti bunaqa misollar ko'p. Klubda yoshartirib yuborish orqali bir necha yil o'tib natijaga erishish mumkin, lekin MTJ uchun har bir o'yin muhim ahamiyat kasb etadi. Bazida muxlislar ketishimiz kerak ekanligini aytishadi, lekin kerak deganlar ham ko'p. Mana shu muxlislar uchun ham o'ynaging keladi.
- Hayotdagi quvnoq Geynrixgina mag'lubiyat uchun maydonda ko'z yosh to'kadi...
- Bazan oshirib yuboraman, bu yaxshi emas. Mag'lubiyatni tezda unuta olishni o'rganishim kerak.
Nodirxo'ja Yuldashev
foto: Abror Qodirov