Kazemiro MYU bazasida tibbiy ko'rikdan o'tdi. U qachon mashg'ulotlarga kirishishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
22 avg 2022, 07:50
“Manchester Yunayted”ning yangi futbolchisi Karlos Kazemiro klub bazasida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, braziliyalik mehnat vizasini olishi qolgan. Keyingi haftada esa u jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shiladi. Shartnoma bir yilga uzaytirish sharti bilan 2026 yilga qadar tuzildi.

30 yoshli futbolchi o'tgan mavsum La Ligada 32 o'yinda qatnashib, 1+3 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano