PSJ hujumchisi Edinson Kavani Fransiya chempionatining 5-turida Bordo bilan o'yinda (2:2) dublga erishdi.
Bu hujumchining Fransiya chempionatidagi oxirgi ikkita o'yindagi ikkinchi dubli bo'ldi. O'tgan turda Kavani Monako bilan o'yinda ham ikkita gol urgandi (3:0).
Bu mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda PSJ tarkibida 5ta gol urdi.