Karrera: "Lokomotiv"ni qanday mag'lub etishni bilamiz"

13 iyul 2017, 00:31
"Spartak" bosh murabbiyi Massimo Karrera Rossiya Superkubogi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.


- Jamoadagi futbolchilar o'zlarini juda yaxshi his etishmoqda. Tarkib borasida bazi shubhalarim bor. Kim tayyor va kimlar maydonga tushmasligi haqida yakuniy qarorga kelganim yo'q.
Raqib tarkibidagi Ari? Ari juda texnik jihatdan yuqori malakali futbolchi sanaladi. Ariga qarshi juda diqqat bilan o'ynash kerak. "Lokomotiv"ni etarlicha o'rgandik. Ularga qarshi nima qilishni bilamiz.
Superkubokni yutishni istaymiz. G'alaba uchun kuchimizni ayamaymiz. Superkubok o'yiniga bee'tibor qaramayapmiz.

Rossiya Superkubogi uchun bahs 14 iyul kuni bo'lib o'tadi. Unda Rossiya chempioni "Spartak" kubok sohibi "Lokomotiv"ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru