"Persepolis" Karreraga bir mavsum uchun 2 million evro to'lamoqchi

Alisher
26 iyun 2019, 13:44
Taniqli murabbiy Massimo Karrera yaqin vaqtlarda Eronning "Persepolis" klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin.

55 yoshli italiyalik mutaxassis klub vakillari bilan uchrashishga ham ulgurdi. "Persepolis" Karreraga 2 yillik shartnoma bilan birgalikda bir mavsum uchun 2 million evro maosh taklif qilmoqda.

Oldinroq, murabbiy S Seriyadagi "Kataniya"ni boshqarishi mumkinligi to'g'risida xabarlar chiqqandi.

Uning oxirgi ish joyi Rossiyaning "Spartak" klubi bo'lgan edi. U Moskva jamoasi bilan Rossiya chempionligi va mamlakat superkubogini qo'lga kiritgan. 2018 yil 22 oktyabrda italiyalik mutaxassis iste'foga chiqarilgan edi.

Oldinroq eronliklar Janni De Byazi va Valter Zengilarni ham kuzatayotganligi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira