Karlos Teves Ronalduning tartib-intizomi haqida gapirdi

1 noya 2019, 19:31
"Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduning intizomiga alohida urg'u berdi.

"U kun bo'yi mashg'ulotlar zalida bo'ladi, u doim shu ish bilan mashg'ul. Ertalab soat 9 da boshlanadigan mashg'ulotga, men 8 da zalga kirib borardim va Ronalduni ko'rardim. Keyin 7:30da borib ko'rganman va u yana o'sha yerda bo'lardi.

Bir marta bazaga tonggi 6:30da borishni uddalaganman, u esa yana o'z o'rnida edi. O'shanda Ronaldu yarim uyg'oq holatda bo'lsa ham, u yana o'zining joyida bo'lgan", – deydi Teves.


Teves va Ronaldu 2007-2009 yillar "Manchester Yunayted" safida birga o'ynashgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: gianlucadimarzio.com