Karlo Anchelotti: “Zelinski yaxshi o'yinchi, ammo Kevin de Bryuyne darajasiga chiqish uchun o'sishi kerak”

17 sen 2018, 08:16
“Napoli” bosh murabbiyi “Fiorentina” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz o'zimiz xohlagandek o'ynadik, ammo yoki u yerda yoki bu yerda bir juft uzatma yetmadi. Biz ko'p ham hujumga intilishni xohlamadik, sababi “Fiorentina”ning ajoyib jamoa ekanligini bilardik. Shuning uchun shoshilmadik va oqibatda muhim golni urishga erishdik. Insine juda yaxshi o'yin ko'rsatdi va u bugun bizning eng yaxshi o'yinchimiz bo'ldi. Uning uchun xursandman. Zelinski yaxshi o'yinchi, ammo Kevin de Bryuyne darajasiga chiqish uchun o'sishi kerak. Endi Chempionlar ligasida yaxshi start olishni istaymiz”,-dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato