Karlo Anchelotti: “Hisob 2:0 bo'lganida, biroz tinchlandik”

19 dek 2013, 11:16
“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, shogirdlarining Ispaniya Kubogi 1/16 finali doirasidagi “Olimpik de Xativa”ga qarshi o'tkazgan o'yinidan mamnun bo'lmadi (2:0).

“Hisob 2:0 bo'lganida, biroz tinchlandik. Ikkinchi bo'lim menga umuman yoqmadi. Ammo raqibning o'yiniga ham qoyil qolmay ilojimiz yo'q. Ular bizga bo'sh zonalar qoldirishmadi va yaxshi o'yin ko'rsatishdi”, - mutaxassisning so'zlarini keltiradi Football Espana.


Manba: football.kulichki.net