"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Malaga" ustidan (2:0) qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz yaxshi o'yin namoyish etdik, to'pni o'zimizda saqlab turdik. Isko va Ronalduda ko'p narsa o'xshamadi, ammo asosiysi g'olib bo'ldik. Umid qilamanki, "Yuventus"ga qarshi o'yinda ham shunday o'ynaymiz", - deydi Anchelotti Football Espana nashriga.