
“Serxio Ramos maydondan chetlatilgandan so'ng, o'yinimizda qiyinchiliklar paydo bo'la boshladi, ammo o'n kishi qolib ham munosib o'yin ko'rsata oldik. Ikkinchi bo'limda biz taktikani o'zgartirdik va o'z darvozamizga yaqinroq joyda o'ynay boshladik. Xabi Alonso maydonga tushganida esa o'zimni erkinroq his eta boshladim. Arbeloa gol urib, o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi”, - murabbiyning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.