Karles Puyol: Hozircha kelajagim borasida qaror qabul qilmadim

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2014, 21:55
Barselona futbolchisi Karles Puyol ushbu yozda faoliyatini yakunlashi borasidagi xabarlarga o'z izohini berib o'tdi.

Hozircha kelajagim borasida xech qanday qarorga kelganim yo'q. Bu masalada boshqa xech nima deya olmayman.

Barchasi mavsumning so'nggi qismi qanday yakunlanishiga bog'liq. Shundan so'ng men biron-bir qaror qabul qilaman, – deb aytib o'tdi Puyol.

Eslatib o'tamiz, avvalroq himoyachi mavsum yakunlanganidan so'ng "Barsa"dan ketishini  ma'lum qilgan edi. Futbolchiga "Milan", AQSH va Qatarning bir qancha jamoalari tomonidan qiziqishlar bildirilmoqda.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru