Karl-Xaync Rummenigge: "Bundesliga rahbarlaridan xafaman"

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2014, 19:20
Bavariya boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummenigge Bundesliga rahbarlaridan xafa, deb xabar bermoqda Bild nashri.
- Uch hafta tatil juda kam, ikki hafta tayyorgarlik esa yetmaydi, - deydi Rummenigge. - Bundesliga rahbarlaridan xafaman. Menedjerlar yig'ilishida men musobaqani 29 avgustda boshlashni taklif qilgandim, ammo buni rad qilib 22 avgustda boshlashni ma'lum qilishdi.

Germaniya terma jamoasiga 8–9 nafar futbolchini yuborgan klublarga bu juda og'ir. Bu Dortmundning Borussiya klubiga ham taaluqli.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.ru