Kapello: “Beyl uchun futbol ikkinchi darajalidek tuyulmoqda”

5 yanv 2020, 08:35
Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello ispan klubini Ronaldu tark etishi va Beylning futbolga bo'lgan munosabati haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Krishtianu har qanday klub uchun yetakchi futbolchi bo'la oladi. U qirollik klubini tark etgach, “Real”ga oson bo'lgani yo'q. Karim Benzema garchi uning o'rnini to'ldirishga harakat qilayotgan bo'lsada, madridliklar aqlli va texnik jihatdan etuk liderlaridan ayrilishdi.

Beyl – ajoyib potencialga ega fantastik futbolchi. Ammo menda shunday taaassurot o'yg'onmoqdaki, futbol guyoki Beyl uchun keraksiz, ortiqcha, ikkinchi darajali “ovunchoq”. U avvalgi Beyl emas. Garet menga juda yoqadi. Tezkor, kuchli – zamonaviy futbolchi uchun talab etiladigan barcha xislatlarga ega. Ammo siz bugun maqsadga erishmoqchi bo'lsangiz, bor e'tiboringizni aynan futbolga qaratishingiz lozim bo'ladi”, deya Kapelloninng so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Mail.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail