Kante bir oydan oshiq vaqtni maydon tashqarisida o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2022, 22:05
Fransiyalik futbolchi jarohat olgan.

"Chelsi" yarim himoyachisi N’Golo Kante jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda "ko'klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxelga asoslanib "Sky Sports" nashri xabar bermoqda.

Futbolchining tiklanishi uchun to'rt haftadan ko'proq vaqt kerak bo'ladi. Shu tariqa, 31 yoshli yarim himoyachi katta ehtimol bilan oktyabr oyida maydonga qaytadi.

Oldinroq "Chelsi" "Milan" vingeri bilan shartnoma imzolash ustida ishlayotgani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports