"Chelsi" "Milan" futbolchisi uchun 120 million evro to'lashga tayyor!

Mirjalol Normatov
25 avg 2022, 13:35
"Chelsi"dagilar "Milan" futbolchisi Rafael Leau uchun 100 milliondan ko'p mablag' to'lashga rozi bo'ldi.

"La Gazzetta dello Sport" tomonidan oldinroq ma'lum qilinganidek, "Milan" 23 yoshli futbolchisini 120 million evroga baholagan. Bunga qadar "Chelsi" futbolchi borasida 70, 85 va 90 million evrolik takliflar jo'natgan va faqatgina rad javobini olgan. So'nggi taklifda esa "Chelsi" "Milan" so'ragan mablag'ni to'lashga tayyorligini bildirgan.

O'tgan mavsumda Leau "Milan" tarkibida 42 o'yinda qatnashib, 14 gol va 12 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport