Kanales "Monterrey"ga ko'chib o'tdi

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2023
Ispaniyaning “Betis” klubi yarim himoyachisi Serxio Kanales Meksikaning “Monterrey” jamoasi futbolchisiga aylandi.

Nufuzli Transfermarkt portali kelishuvni 10 million evroga baholamoqda. Futbolchi va uning yangi jamoasi o'rtasida 3 yillik shartnoma imzolangan.

Eslatib o'tamiz, Kanales "Rasing" (Santander) tarbiyalanuvchisi hisoblanib, faoliyati davomida Ispaniyaning "Real Sosedad", "Valensiya" kabi klublarda, shuningdek, "Real Madrid"da o'ynagan.

Yarim himoyachi “Betis”da faoliyatining so'nggi besh yilini o'tkazdi, shu vaqt ichida 207 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo