Jurnalist: "Pogba "Yuventus"ga qaytishni xohlamoqda. Turinliklar Rayola bilan muzokara boshlashdi"

Alisher
11 apr 2020, 12:27
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba mavsum so'nggida klubini o'zgartirmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 27 yoshli xavbekning bosh maqsadi - "Yuventus"ga qaytish.

Turin klubi allaqachon fransiyalik futbolchining transferi ustida ishlamoqda va buni agent Mino Rayola bilan muhokama qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Pogba "Yunayted"ga aynan "Yuve"dan 2016 yilning yozida 105 million evro evaziga o'tgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira