Joze Mourinyu: "Fenerbahche"da ishlab xato qildim, u er mening darajam emasdi"

Mirjalol Normatov
18 sen 2025, 22:37
"Benfika" boshqaruvini qo'liga olgan Joze Mourinyu "Fenerbahche"da ishlagani xato bo'lganini tan oldi.

Portugaliyalik murabbiy 2024 yil yozidan buyon boshqarib kelgan "Fenerbahche"ni avgust oyi oxirida tark etdi.

- Qaytish uchun ideal payt deb o'ylaysizmi?
- Men uchun ideal qaytish - dunyoning eng katta klublaridan birini boshqarish. Faoliyatim juda boy, men turli davlatlarda katta klublarda ishlaganman.

Noto'g'ri qaror qabul qildim... Bazida o'zimga kerakli bo'lgan portugalcha so'zlarni topish ham oson bo'lmaydi. Lekin afsuslanmayman, chunki bu bizga hech qanday yordam bermaydi. Qilgan yaxshi yoki yomon ishlarimiz o'tib ketdi.

"Fenerbahche"da ishlab xato qildim: men uchun begona madaniyat, mening darajamda bo'lmagan futbol. Albatta, u yerdagi so'nggi kunimgacha yaxshi ishlashga harakat qildim.

Iste'fodan keyin jahlim chiqdi, huddi Brunu Laje kabi. Chunki hech kim ishdan ketishni istamaydi. Biroq "Benfika"ni boshqarish - darajaga qaytish, demak, mening darajam - dunyoning katta klublarini boshqarish, - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola